Ozarbayjon bilan “Xoʻja Nasriddin” filmi suratga olinadi

Фото: Wikipedia
Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi vakili Rufat Gasanov, “Ozarbayjonfilm” studiyasi direktori Nazim Guseynov, Davlat filmfondi direktori Jamil Guliyev bilan videomuloqot oʻtkazdi.
Unda kinematografiya sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada keng yoʻlga qoʻyish, ko-produksiya loyihalarini ishlash, shuningdek, ozarbayjonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda suratga olinishi rejalashtirilgan “Xoʻja Nasriddin” filmi haqida maʼlumotlar almashildi.
Ushbu loyihaga Oʻzbekistondan prodyuser va aktyorlar jalb qilinishi aytib oʻtildi. Ozarbayjonlik vakillar 2021-yili boʻlib oʻtgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalidagi tashrifi, taassurotlarini soʻzlab oʻtishdi.
Shuningdek, Agentlik Bosh direktori tomonidan kelgusida Ozarbayjon Respublikasida “Oʻzbek kino kunlari”ni oʻtkazish, oʻzbek milliy filmlarini ozarbayjon telekanallarida namoyishlarini tashkil etish taklifi berildi va bu videomuloqot ishtirokchilari tomonidan maʼqullandi. Shu bilan birga, Oʻzbekistonda ham “Ozarbayjon kino kunlari”ni oʻtkazish kelishib olindi.
Oʻzbekiston Milliy kinofondi rahbari Eljon Abbasov Ozarbayjon Davlat filmfondi bilan memorandum imzolanishini, arxivlarda saqlanayotgan kinofotolar va boshqa materiallar borasida suhbatlashdi.
Unda Ozarbayjon Davlat filmfondi rahbari Jamil Guliyev kinofondda 40 dan ziyod oʻzbek filmlari saqlanayotgani va bu kinofilmlar oʻzbek kino kunlari doirasida namoyish etilishini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring