OTM bitiruvchilarini amaliyot oʻtashi va ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi belgilandi

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarini amaliyot oʻtashi va ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi belgilandi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Hukumat qarori bilan “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot oʻtashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.
Mazkur nizomga koʻra, taʼlim tashkiloti har yili 1-oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” dasturiga kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini oʻtashi boʻyicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali ushbu korxonaga soʻrov yuboradi.
Shundan soʻng, amaliyotni tashkil etish boʻyicha taʼlim tashkiloti va korxona oʻrtasida shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi.
Taʼlim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni platformaga kiritadi.
Shuningdek, korxona dasturga har oyning 25 sanasigacha oʻzlari uchun zarur kadrlar, shu jumladan, vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni kiritib boradi.
Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari dasturda roʻyxatdan oʻtkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi taʼminlangan” sifatida qayd etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Nyu-York manzaralari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring