Maqsadimiz — maktab bitiruvchisi hech boʻlmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qoʻysin — Shavkat Mirziyoyev
Oʻtgan yili 500 ta “til egalari” ish boshlagani oʻz samarasini berayapti. Bu amaliyotni kengaytirish uchun “til egalari”ni barcha maktablarga jalb qilish zarurligi taʼkidlandi.
Maktablarda oʻrgatish mumkin boʻlgan 50 ta kasb-hunar roʻyxati tuzilib, har biri boʻyicha oʻquv va amaliyot dasturlari ishlab chiqiladi. Buning uchun maktablarda ustaxonalar tashkil etiladi va “Kasbiy taʼlim ustasi” lavozimi joriy etiladi.
Tadbirkorlar, usta va mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻquvchilarning qiziqishidan kelib chiqib kasbiy taʼlimga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar oʻtkaziladi, kasb toʻgaraklari tashkil etiladi.
Maktabdagi boʻsh joylar tadbirkorlarga oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻqitish uchun tekin foydalanishga beriladi. Ularga soliq va boshqa bir qator imtiyozlar beriladi.
Oʻquv kursini tamomlab, imtihondan oʻtgan oʻquvchilarga malaka sertifikati beriladi.
“Maqsadimiz — maktab bitiruvchisi hech boʻlmaganda bitta kasbni egallab katta hayotga qadam qoʻysin”, — dedi Prezident.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring