Osiyo Olimpiya kengashiga yangi prezident saylandi
Foto: Sport vazirligi
Poytaxtimiz mezbonligida oʻtayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasida tashkilot Prezidentligiga saylov tadbiri tashkil etildi.
Saylov jarayonida ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi (ANOC) raisining birinchi oʻrinbosari, Qatar Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy nomzodi maʼqullandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va sport hamjamiyati Janob Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniyga ushbu masʼuliyatli lavozimdagi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.
OOK 46-Bosh Assambleyasida 2026-yilda Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida oʻtkaziladigan “Yopiq inshootlar va jangovar sport turlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari” sport musobaqalari yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Bosh Assambleya tadbirlarida OOK tegishli yoʻnalishlardagi ijroiya qoʻmitasi rahbariyatlari ham oʻz hisobotlari bilan ishtirok etishdi.
Jumladan: Maslahat qoʻmitasi raisi Ser Miang, Sportchilar qoʻmitasi raisi Ning Ding, Madaniyat qoʻmitasi raisi Battushig Batbold hamda Taʼlim qoʻmitasi raisi shahzoda Fahad Al Saud kabi rahbarlar oʻz yoʻnalishlaridagi hisobotlarni ishtirokchilarga taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring