Ortda qolgan 9 oyda qancha uy foydalanishga topshirilgani aytildi
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar sentyabr oylarida jami 47 mingta uy foydalanishga topshirilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, topshirilgan ularning 31,3 mingtasi qishloq joylarga toʻgʻri keladi.
Hududlar kesimida foydalanishga topshirilgan uylar soni quyidagicha taqsimlangan:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 3,7 mingta;
- Andijon viloyati — 3,9 mingta;
- Buxoro viloyati — 3,9 mingta;
- Jizzax viloyati — 1,6 mingta;
- Qashqadaryo viloyati — 2,8 mingta;
- Navoiy viloyati — 1,6 mingta;
- Namangan viloyati — 7,9 mingta;
- Samarqand viloyati — 2,7 mingta;
- Surxondaryo viloyati — 4,4 mingta;
- Sirdaryo viloyati — 0,3 mingta;
- Toshkent viloyati — 4,9 mingta;
- Fargʻona viloyati — 3,6 mingta;
- Xorazm viloyati — 3,4 mingta;
- Toshkent shahri — 2,3 mingta.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring