Orazin yopqach koʻzimdin…
Eʼtiboringizga Alisher Navoiyning Mavlono Lutfiy turkiy va forsiyda bitgan oʻn ikki ming bayt sheʼrini almashtirmoqchi boʻlgan gʻazalni havola etamiz.
Orazin yopqach koʻzimdin…
Orazin yopqach koʻzumdin sochilur har lahza yosh,
Oʻylakim paydo boʻlur yulduz, nihon boʻlgʻach quyosh.
Qut bir bodomu yerim goʻshan mehrob edi,
Gʻorati din etti nogah bir baloliq koʻzu qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhnung bot-bot dami andogʻki aylar mehr fosh.
Boʻsa-e qilmas muruvvat, asru qattiqdur labing,
Desam ogʻzi ichra aytur laʼl ham bor navʼ tosh.
Novaking koʻnglimga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini koʻnglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard oʻlki, boʻston Xizridur,
Sarvkim daʼb ayladi ozodaliq birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon, ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qoʻygusidir barcha bosh.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring