“Oradan ola chiqdi”: Isroilda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Minglab Isroil fuqarolar mamlakat shaharlarida koʻchalarga chiqib, yaqinda qabul qilingan va sudyalar tayinlash jarayonida saylanadigan mansabdorlarning vakolatlarini kengaytirishni koʻzda tutuvchi qonuniga qarshi norozilik bildirdi. Bu haqda DW nashri xabar bergan.
Namoyishchilar, shuningdek, Gʻazo sektorida XAMAS guruhiga qarshi harbiy amaliyot olib borayotgan hukumatdan garovdagi fuqarolarni ozod qilish uchun kelishuv tuzishni talab qilgan.
Shu kuni kunduzgi paytda Knessetda mazkur nizoli qonun boʻyicha koʻp soatlik muhokamalardan soʻng ovoz berish oʻtkazildi. 120 deputatdan 67 nafari qonunni qoʻllab-quvvatladi, faqatgina bir nafar deputat qarshi ovoz berdi. Oppozitsiya esa ovoz berishni boykot qildi.
Aytish kerakki, qonunning qabul qilinishi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga 2023-yilda mamlakatda katta noroziliklarga sabab boʻlgan sud islohotini yanada ilgari surish imkonini beradi.
Netanyaxu bosh vazirlikka qaytgach, 2023-yil boshida sud islohoti tashabbusi bilan chiqqan. Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasi Oliy sud sudyalarini tanlashda koʻproq vakolatlarga ega boʻladi va sudning qonunlarga veto qoʻyish vakolati cheklanadi.
Bunga koʻra, hukumat amalda sudyalarni tayinlashda toʻliq nazoratni qoʻlga kiritishi mumkin. 27-mart kuni qabul qilingan qonunga qarshi daʼvolar endi Isroil Oliy sudida koʻrib chiqiladi.
Oxirgi kunlarda Isroilda bir nechta yirik norozilik namoyishlari oʻtkazildi. Namoyishchilar hukumatdan XAMAS bilan kelishuvga erishishni talab qilmoqda. Tanqidchilar fikricha, Netanyaxuning Gʻazo sektorida harbiy harakatlarni qayta boshlashi garovdagi fuqarolarning hayoti va erkinligini xavf ostida qoldirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring