Oq uy Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni maʼlum qildi

14:37 23 Fevral 2022 Dunyo
985 0

Foto: Aljazeera.com

AQSH prezidenti Jo Bayden kecha, 22-fevral kuni bayonot bilan chiqdi. U oʻz bayonotida AQSH Rossiyaning ikkita bankiga nisbatan toʻliq blokirovka qiluvchi sanksiyalar kiritganini eʼlon qildi.

Bundan tashqari u “Shimoliy oqim 2”ni toʻxtatish uchun Germaniya bilan hamkorlik qilayotganini aytdi. Boltiqboʻyi mamlakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha kuch va vositalar ajratishga ruxsat berdi.

AQSH bundan soʻng Rossiya elitasi va ularning oila aʼzolariga nisbatan ham sanksiyalar qoʻllashi ochiqlandi.

Baydenning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasi “Ukrainaning katta boʻlagini kesib tashladi” va bunday harakatlarini hali hamon davom ettirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер