Ona – yurt madhiga yetari yoʻqdir
Foto: «Xalq soʻzi»
Istam IBROHIMOV/«Xalq soʻzi». Kuy – qoʻshiq koʻp. Ular orasida ona – yurt madhiga yetari yoʻq. Zero, bizdan abadiyat qoʻngʻirogʻi boʻlib faqat Vatan qoladi. Oʻzgasi oʻtkinchidir. Buxoro shahridagi Yoshlar markazida oʻtkazilgan «Vatan manzumasi» adabiy-maʼrifiy tadbirini tomosha qilib, shunday fikr koʻngildan kechdi.
Ichki ishlar, Mudofaa, Madaniyat vazirliklari, Yozuvchilar uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz poytaxtidan kelgan sanʼatkorlar, shoirlar, iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi. Anjumanda Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Usmon Azim, Azim Suyun kabi taniqli shoirlarning ona – yurtni madh etuvchi sheʼrlari yod oʻqildi, Vatan, ona, doʻstlik va tinchlikni tarannum etuvchi kuy – qoʻshiqlar yangradi. Vatanparvarlik, mardlik va jasorat, milliy qadriyatlarni asrab – avaylash, el farovonligi uchun qaygʻurish kabi ezgu fazilat va intilishlar sahna koʻrinishlari orqali namoyish etildi.
– «Vatan manzumasi» ismi jismiga munosib anjuman ekan, – deydi mehnat faxriysi, «El – yurt hurmati» ordeni sohibi Behbud Jumayev. – Kuzatganingizdek, tomoshabinlarning aksariyati yoshlardan iborat. Bu yerda oʻqilgan sheʼrlar, yangragan qoʻshiqlar ularning ongu shuurida ona – yurtga mehru muhabbat, sadoqat tuygʻularini singdirishi muqarrar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring