Ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga 10-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkin

Ona tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga 10-oktyabrga qadar roʻyxatdan oʻtish mumkin. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanalida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, shu yilning 10-oktyabr kuni ona tili (oʻzbek, qoraqalpoq va rus) va adabiyot fanlari boʻyicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatga olish yakunlanadi.
Roʻyxatga olish uchun toʻlovlar esa 11-oktyabrgacha amalga oshirilishi mumkin boʻladi.
Ushbu fanlar boʻyicha test sinovlari 1-2-noyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlum qilinishicha, milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish “my.gov.uz” sayti orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar «https://my.gov.uz/uz/service/891» havolasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring