Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi
Foto: Illustrativ foto
Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz boʻlib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda Oʻmonning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.
Xabarda bildirilishicha, Oʻmonda 14 kundan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar mamlakatga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin boʻladi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Oʻzbekiston 2021-yil 1-martdan boshlab Oʻmon fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan edi.
Qayd etish kerakki, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 26-27-iyun kunlari ushbu arab mamlakatiga tashrif bilan borgandi.
Avvalroq Tailand Oʻzbekiston uchun vizasiz rejim joriy qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring