Oltmish yillik muammo ijobiy yechim topdi
Andijon viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami tobora ortib bormoqda. Hududlarda yangi tarmoqlar barpo etish, mavjud infratuzilmani yangilash orqali aholi uchun qulay va barqaror taʼminot tizimi shakllantirilmoqda. Jumladan, Izboskan tumanidagi “Yangi Boʻstonobod” MFYning “Bogʻaro” koʻchasida ichimlik suvi tizimini qurish ishlari sifatli amalga oshirildi. Mazkur mahallada 3744 nafar aholi, 217 ta xonadon va 5 ta koʻcha mavjud boʻlib, ilgari aholining atigi 10 foizi suv taʼminotiga ega edi. Loyiha foydalanishga topshirilgandan soʻng hudud toʻliq ichimlik suvi bilan qamrab olindi.
— Avvallari mahalla aholisi suvni “Katta Fargʻona” kanalidan tashib isteʼmol qilishga majbur boʻlgan, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ xodimi Marhaboxon Nasriddinova. — “Biznes bebaho” MCHJ tomonidan qiymati 4 milliard 233 million soʻm boʻlgan loyiha asosida 10,2 kilometr tarmoq tortish, 1 ta yangi suv inshootini qurish va 1 ta mavjud inshootni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi. Natijada 60-yillik muammolar ijobiy yechim topdi.
Mazkur loyiha ishga tushirilishi mahallada yashovchilar turmush tarzini tubdan yaxshiladi, ayniqsa kundalik ehtiyoj uchun suv tashish mashaqqatini bartaraf etdi. Aholi esa amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlardan mamnun ekanini bildirib, bu kabi tashabbuslar hayot sifati oshishiga xizmat qilayotganini taʼkidlamoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring