Olim Saidov Respublika “GAI” rahbarligidan ketdi
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi, polkovnik Olim Choriqulovich Saidov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimiga polkovnik Sherzod Shokirovich Ibragimov tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sherzod Ibragimov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Olim Saidov 2019-yil noyabr oyidan shu kungacha IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgandi. Bunga qadar u Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining oʻrinbosari – Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring