Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etildi
Adliya vazirligi Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, milliy reyting Taʼlim sifatini taʼminlash agentligi tomonidan yuritilishi belgilangan. Davlat va nodavlat OTTlar 4 ta toifa, jumladan, amaliy fanlar, tibbiyot fanlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda ijod (sport) boʻyicha milliy reytingga kiritiladi. Har yili 1-noyabrga qadar oʻtgan yil uchun milliy reyting natijalari eʼlon qilib boriladi.
Bunda, har yili 1-iyunga qadar talabalar, professor-oʻqituvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida umummilliy soʻrovnoma va xalqaro ekspertlar oʻrtasida xalqaro obroʻni baholashga qaratilgan soʻrovnoma oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, milliy reytingni hisoblashda foydalaniladigan jami 25 ta indikatordan 5 tasi umummilliy soʻrovnoma asosida aniqlanadi hamda ushbu soʻrovnoma natijalari inobatga olinishi uchun OTTdagi talabalar va professor-oʻqituvchilarning kamida 20 foizi soʻrovnomada ishtirok etishi lozim boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring