Oliy Majlis Senati Raisining Vengriya Prezidenti bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Vengriya Prezidenti Tamash Shuyok uchrashdi.
Muloqot avvalida ikki mamlakat orasidagi hamkorlikning soʻnggi yillarda sezilarli jadallashgani hamda oʻzaro ishonch va doʻstona munosabatlar strategik sheriklik darajasigacha oshgani taʼkidlandi.
Ikki mamlakat xalqlarini bir-biriga bogʻlab turuvchi tarixiy, anʼanaviy, madaniy qadriyatlarning mushtarakligi davlatlararo aloqalarni rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, hududlararo hamda mamlakat ishbilarmon doiralari orasidagi savdo aloqalarini yanada rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi.
Muloqot chogʻida 2026-yil Oʻzbekiston va Vengriya orasidagi madaniyat, fan va innovatsiyalar yili deb eʼlon qilingani ham qayd etilib, tomonlar ikki davlatda qator yirik tadbirlarni oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Shu bilan birga, parlamentlararo munosabatlarni izchil rivojlantirib borish hamda davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring