OKMKda 99,9 foiz sof holdagi reniy metali olindi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar boʻyicha ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi mutaxassislari yangi mehnat yutugʻini qoʻlga kiritishdi. 2016-yildan buyon amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar, laboratoriya sinovlari oʻz samarasini berdi. Bu yerda reniy metali sof holda olina boshlandi. Kombinat muhandislari va olimlarining taʼkidlashicha bu noyob mahsulot kukuni aslida Mis eritish zavodining nodir metallar ishlab chiqarish sexida tayyorlanadigan perrenatammoniydan olinadi. Besh yillik tadqiqot va sermashaqqat mehnatlar evaziga99,9 foiz sof holdagi reniy metali olishga muvaffaq boʻlindi.
Yaqin kelajakda bu yangilik sanoat usulida keng miqyosda ishlab chiqarila boshlanadi. Mendeleyev davriy jadvalining 75-oʻrinida joylashgan bu metall oʻziga xos noyob fizik-kimyoviy xususiyatlarga egaligi taʼkidlanmoqda. Masalan,neftni qayta ishlash korxonalarida undan katalizator tayyorlashda asosiy komponent sifatida foydalaniladi. Aviasozlik va elektrotexnika sohalarida esa detallar uchun asosiy element hisoblanadi.Reniyoʻzining noyobligi tufayli hattoki, Yadro sanoatida ham asqatadi. Unga inson salomatligini tiklashda ham ehtiyoj borligini inobatga oladigan boʻlsak, OKMK mehnat jamoasi erishgan yutuqning ahamiyati naqadar beqiyos ekanligi yanada oydinlashadi.Reniy kamyob javohir boʻlgani tufayli, uning jahon bozoridagi qadri juda baland. Xaridorlar reniyning 1 grammi uchun 9 AQSH dollari miqdorida sarmoya tikishadi.
“Xalq soʻzi”—«Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati nomidan OKMK mehnat jamoasi, muhandis-texnik xodimlari hamda olimlarini bu yuksak muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Shodiyor MUTAHAROV,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring