Oilaning yillik daromadi 450–500 million soʻm
Angorlik Bahodir Xudoynazarov tomorqa xoʻjaligidan yillik oʻrtacha 450–500 million soʻm daromad qiladi. Bugungi sharoit bilan taqqoslasak, bu yaxshigina sarmoya degani.
Chinobod mahallasida yashovchi ishbilarmon oila koʻp yillardan buyon chorvachilik va dehqonchilikni uygʻun holda yoʻlga qoʻygan. Bahodir Xudoynazarov oʻz xonadonida 15 bosh yirik shoxli qoramol parvarishlab, goʻsht va sut mahsulotlari yetishtirishni tizimli tashkil etgan. Shu bilan birga, tomorqa yer maydonida turli sabzavot va koʻkatlar ekilib, bozorga sifatli mahsulot yetkazib berilmoqda.

— Oilamiz bilan birga mehnat qilamiz. Harakat qilgan odam uchun tomorqa katta imkoniyat. Kelgusida xoʻjaligimizni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz, — deydi B.Xudoynazarov.
Ushbu oila tajribasi mahallalarda tomorqadan samarali foydalanish, tadbirkorlik tashabbusini qoʻllab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan islohotlar oʻz samarasini berayotganini koʻrsatadi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring