OCHL II turnirida 2-tur oʻyinlari start oldi
Kecha, 1-oktyabr kuni Osiyo chempionlar ligasi II turnirining 2-turidan oʻrin olgan bahslar boshlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Andijon” klubi oʻz maydonida Qatarning “Al-Ahli Doxa” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 0:0 hisobiga durang natija bilan yakunlandi. Bahs mehmonlarning toʻliq ustunligi ostida oʻtdi.
“Al-Ahli Doxa” klubi oʻyin davomida 75 foiz toʻp nazoratiga ega boʻldi. “Andijon” klubi darvozasi tomon 16 zarba yoʻlladi. Ulardan 5 tasi darvoza sohasiga aniq bordi.
Uchrashuvdan soʻng, jamoasini qator vaziyatlarda goldan qutqarib qolgan Erjan Tokotayev “Sofascore” portali tomonidan oʻyin qahramoni deb topildi. Portal uning harakatlarini 8,4 ballga baholadi.
Maʼlumot uchun, Maksim Shaskix jamoasi musobaqadagi keyingi oʻyinini 22-oktyabr kuni oʻz maydonida Bahraynning “Al-Xaldiya” klubiga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring