Nuroniylar doimo eʼzoz va ehtiromda
Soʻx tumanida “Keksalar haftaligi” doirasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi. Unda 300 nafardan ziyod faol nuroniylar hamda koʻp yillar mobaynida birgalikda umrguzaronlik qilib kelayotgan ibratli oila sohiblariga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatildi.
Uchrashuv davomida ilm-fan, sportda quvonarli natijalarga erishayotgan barkamol avlod vakillari ragʻbatlantirildi. Samimiy muloqot, maʼrifiy davra suhbatida yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar va uning Soʻx tumanidagi amaliy samarasi alohida mamnuniyat bilan taʼkidlab oʻtildi.
— Bugungi tadbirda tumandagi har bir mahalla fuqarolar yigʻinidan faol nuroniylar va ibratli oilalarga alohida sovgʻalar topshirildi, —deydi “Nuroniy” jamgʻarmasining Soʻx tuman boʻlimi rahbari Farhod Mastonov. — Eʼtirof etilganidek, nuroniylar mahallada katta kuch, ularning bilim va tajribasi yoshlarimiz uchun hayot sabogʻidir.
Oʻz navbatida, mahalla tinchligi, obodligi va osoyishtaligini saqlashda katta avlod vakillarining oʻrni beqiyos ekanligini unutmaslik zarur.

“Qalacha” MFYda istiqomat qiluvchi Bahriddin Ziyovuddinov uzoq yillar qishloq xoʻjaligi sohasida sidqidildan mehnat qildi. Hozirgi kunda farzand va nabiralari ardogʻida keksalik gashtini surmoqda. “Qoʻsha qarish saodati” tadbiri doirasida mahallalardan taklif etilgan ibratli oila sohiblari qatorida B.Ziyovuddinov ham qatnashib, kelajagimiz vorislariga bu boradagi hayotiy tajribasi xususida soʻzlab berdi.
— Bilim dargohimizda barcha zamonaviy sharoitlar muhayyo etilgan, —deydi tumandagi 26-umumiy taʼlim maktabi direktori Farrruxjon Boborustamov. — Shu bois keyingi uch yil davomida bitiruvchilarimiz oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi boʻyicha tumanda birinchi oʻringa sazovor boʻlib kelmoqda.
Fayzli tadbirda bir piyola choy ustida maroqli suhbat uyushtirildi, sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari davraga oʻzgacha shukuh hamda xush kayfiyat baxsh etdi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring