Tailand sayyohlar uchun majburiy sugʻurta joriy etishi mumkin
Tailand koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar uchun toʻlanmagan hisoblar tufayli jamoat sogʻliqni saqlash tizimiga tushayotgan qarz yuki ortib borayotgani sababli sayyohlar uchun majburiy sugʻurtani joriy qilishi mumkin. Bu haqda TASS nashri The Bangkok Post gazetasiga tayanib xabar bermoqda.
“Bizda allaqachon tegishli rejalar bor. Masala shundaki, sugʻurta qamrovi qanday boʻlishi kerak va xorijlik bemorlar tomonidan kelayotgan umumiy yuk qanchani tashkil etadi”, — deb taʼkidladi sogʻliqni saqlash vaziri Pxattxana Prompxat.
Tailand sogʻliqni saqlash vaziri bunday chora turli guruhlar, jumladan, sayyohlar va migrantlar, ayniqsa chegaraoldi hududlarida yashovchilar manfaatlarini hisobga olishi kerakligini aytib oʻtdi.
“Vatchira Pxuket” shifoxonasi direktori Virasaka Lotxongkxamning soʻzlariga koʻra, tibbiyot muassasasi har yili sugʻurtasi boʻlmagan xorijlik bemorlarni davolash uchun taxminan 10 million bat ($308 ming) miqdoridagi xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
“Koʻpgina sayyohlar Pxuketga kelib, birinchi marta mototsikl haydab koʻrishadi, bu esa baxtsiz hodisalar xavfini oshiradi”, — dedi u.
Shifoxona direktori misol tariqasida umurtqa pogʻonasidan jarohat olgan sayyoh bilan bogʻliq holatni keltirdi. Ushbu fuqaro faqat boshini qimirlata olgan, davolanish xarajatlari 1 million batdan ($31 ming) oshgan, biroq toʻlov amalga oshirilmagan.
Tailand Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, sugʻurtasi boʻlmagan xorijlik sayyohlarning toʻlanmagan hisoblari yiliga 100 million batdan ($3 mln) oshib ketmoqda. Bunday holatlar koʻpincha yirik turistik markazlarda qayd etiladi.
Qayd etilishicha, avvalroq havo yoʻllari orqali keluvchi sayyohlardan undirilishi rejalashtirilgan 300 bat ($9,2) miqdoridagi yigʻim kun tartibidan chiqarilgan. Endilikda hukumat majburiy sugʻurtani chet elliklarning sogʻliqni saqlash tizimidan foydalanish muammosini hal qilishda samaraliroq yechim deb hisoblamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring