“Nurli maskan” oʻquvchilarining orzulari ushaldi
Foto: Xalq soʻzi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi Buxoro shahridagi 24-“Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi va oʻquvchilari yodida bir umr qoladigan boʻldi. Bayram arafasida koʻzi ojiz oʻgʻil-qizlar tahsil oladigan bilim maskanining yaqinda qurib bitkazilgan yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

— Asosiy qonunimizda nogironligi bor boʻlgan fuqarolarning ham boshqalar bilan teng tarzda oʻqishlari, oʻz salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishi kafolatlab qoʻyilgan, — deydi maktab-internat direktori Madamin Aslonov. — Bilim maskanimizda oʻgʻil-qizlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun davlatimiz tomonidan bajarilayotgan ishlar shu qonunning amaldagi ifodasidir. 13 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga barpo qilingan 324 oʻrinli oʻquv binosi, 200 oʻrinli yotoqxona, 100 oʻrinli oshxona jamoamiz uchun bayram tuhfasi boʻldi.

Maktab-internat shu paytga qadar faoliyat yuritgan bino 160 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan, yotoqxona esa 100 oʻrinli edi. Bu esa turki tumanlardan kelib tahsil olayotgan oʻquvchilarga ham, oʻqituvchilarga ham noqulayliklar tugʻdirayotgandi. Endilikda bu masala kun tartibidan tushdi. Bilim dargohi moddiy-texnika bazasi mustahkamlanayotgani esa oʻgʻil-qizlar iqtidorini yuzaga chiqarishda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Jumladan, Shvetsiyadan 160 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga brayl yozuvli printer xarid qilindi. Respublikamizda sanoqli sanalgan bu uskuna vositasida oʻquv qoʻllanmalari, zarur adabiyotlar, shuningdek, iqtidorli yoshlarning ijod namunalarini brayl yozuvida chop etish imkoniyati yaratildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring