Nukusda info-tur boshlandi. Ishtirokchilar manzilga yetib borishdi
Foto: "Xalq so'zi"
Said Rahmonov, “Xalq soʻzi online”. Toshkentdan uchgan samolyot Nukus xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Parvoz davomiyligi bir soat, 20 daqiqani tashkil etgan bu reysning boshqalardan farqli jihati shundaki, unda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan info-tur ishtirokchilari ham borligidir.
Markaziy ommaviy axborot vositalarining bir guruh vakillari 850 km/soat tezlikda harakatlanayotgan “Airbus 320” samolyoti bortida ham jim ketishgani yoʻq. Qiziquvchan jurnalistlar shu ondayoq material yigʻishga tushib ketishdi!
Mahoratli fotoreportyor Asqar Yakubov qoʻl telefonida bulutlar parvozini surat olsa, “Oʻzbekiston-24” radiokanali muxbiri Umida Boyzoqova yoʻl-yoʻlakay chet ellik mehmonlardan bir nechtasidan intervyu olishga ham ulgurdi. Internet jurnalistlariyu, matbuot xodimlari ham boshlarini planshetlarida koʻtarishmadi hisobi. Faqat bu manzarani telejurnalistlar havas bilan kuzatib ketishlariga toʻgʻri keldi.
Aytish joizki, sayyohlik mavsumi arafasidagi mazkur safar Prezidentimizning 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida uyushtirilmoqda.
Uch kun davom etadigan infor-tur davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining turistik salohiyati, sayyohlar uchun yaratilgan infratuzilma obyektlari va shart-sharoitlar, shuningdek, hunarmandchilik sohadagi yutuqlar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Saytimizni kuzatib boring, safar taassurotlari bilan oʻrtoqlashib boramiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring