Noyob sitrus mevalar oila tomorqasida yetishtirilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Quvasoy shahridagi “Bogʻbon” MFYda istiqomat qiluvchi Xayrullo Maksumov “Har bir oila–tadbirkor” dasturi doirasida bankdan 33 million soʻm imtiyozli kredit olib, xonadon tomorqasida 2 sotix, mahalladagi boʻsh yer maydonida 4 sotix yerda issiqxona tashkil etdi.
Yaqinda faoliyat koʻlamini yanada rivojlantirish maqsadida bankdan 100 million soʻm imtiyozli kredit olib, issiqxonada zamonaviy isitish tarmogʻi va tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etdi. Bu issiqxonadan yil davomida birdek samarali foydalanish hamda daromad olish imkonini beradi.

— Ayni paytda “Xazina” oilaviy korxonasi tasarrufidagi issiqxonada noyob sitrus mevalar parvarishini yoʻlga qoʻyganmiz, — deydi u. — Oʻtgan qisqa davrda issiqxonada uch xil navdagi banan, kivi koʻchatlari bir tekis rivojlanmoqda. Banan navlari orasida Meksikada oʻsuvchi turi ham boʻlib, u mahalliy iqlim sharoitiga oson moslashdi.
Shuningdek, Turkiyadan olib kelingan 3 turdagi papayya hosilga kirdi. Papayya 2,5–3 metrgacha oʻsib, ikki yilda hosil berishni boshlaydi. Uning mevasi xuddi qovun taʼmi mazasini beradi hamda bittasi oʻrtacha bir kilogrammgacha tosh bosadi.

Hozirda xonadon sohibi arab anorini olib kelib, undan mahalliy sharoitda moʻl hosil olish va kivi, banan yetishtirish borasida koʻchatchilik tarmogʻini rivojlantirish maqsadida izlanishlar olib borayotir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring