Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻlami kengaytiriladi

Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini taʼminlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻlami kengaytiriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar beradi.
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning aksariyati ijtimoiy muhitdan ajralgan holda taʼlim olmoqda. Ularning umumtaʼlim maktablariga qatnashi uchun toʻsiqsiz muhit va zarur sharoit yaratiladi, maxsus pedagog va psixologlar jalb qilinadi.
Jamiyatimizda bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari uchramoqda.
Prezident madaniyatimizga xos boʻlmagan bunday illatlarga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishimiz va ayovsiz kurashishimiz shartligini taʼkidladi. Bu masala shaxsan Prezident nazoratida boʻladi.
Shu bois, yaqinda, bolaning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr qimmatiga tajovuz qiladigan, jismoniy va ruhiy azob yetkazishi mumkin boʻlgan barcha holatlarda davlat tomonidan tegishli huquqiy va ijtimoiy choralar koʻrilishi qonun bilan mustahkamlab qoʻyildi.
Prokuratura organlari zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni yanada kuchaytirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring