Niderlandiya qiroli 70 yil oldin Indoneziya xalqiga koʻrsatilgan shafqatsizlik uchun uzr soʻradi

Shu kunlarda davlat tashrifi bilan Jakartada boʻlib turgan Niderlandiya qiroli Villem-Alexander oʻz mustaqilligi uchun kurashgan Indoneziya xalqiga koʻrsatilgan “haddan tashqari shafqatsizlik“ uchun uzr soʻradi. Bu haqda Euronews telekanali lavhasida namoyish etildi.
Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo bilan uchrashuvdan soʻng qirol “Hukumatimning bayonotlaridan keyin Niderlandiya tomoni oʻsha yillarda haddan tashqari zoʻravonlik qilgani uchun afsuslanaman va uzr soʻrayman. Shu haqda gapirar ekanman, men qurbonlar hamon oʻsha paytlardagi qalb ogʻrigʻi va qaygʻuni his qilishda davom etayotganligini tushunaman“, degan.
Eslatib oʻtamiz, 2013-yilda Niderlandiya hukumati inqilob urushi paytida amalga oshirilgan shafqatsizlik uchun Indoneziya xalqidan uzr soʻragan va halok boʻlganlarning bevalariga tovon puli toʻlashga vaʼda bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring