Netanyahu: Isroil Eronga yadroviy va ballistik dasturlarni tiklashga yoʻl qoʻymaydi
Foto: AP
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat Eronga yadroviy dasturni tiklashga hamda ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta yoʻlga qoʻyishga imkon bermasligini bildirdi. Uning soʻzlarini Ynet nashri keltirdi.
“Biz Eronga ballistik raketalar ishlab chiqarishni qayta tiklashga yoʻl qoʻymaymiz va uning yadroviy dasturini yana faollashtirishiga ham ruxsat bermaymiz”, — dedi Netanyahu. U bu pozitsiyada Donald Tramp bilan yakdil ekanini alohida taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 13-iyunga oʻtar kechasi Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiyani boshlagan edi. Bir sutka oʻtmay, islomiy respublika javob zarbasini amalga oshirdi. Nizo keskinlashganidan toʻqqiz kun oʻtib, AQSH ham mojaroga qoʻshildi: 22-iyunga oʻtar kechasi Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiy kuchlari Eronning uchta yadroviy obyektiga hujum qildi.
23-iyun kechqurun esa Tehron AQSHning Qatarda joylashgan Yaqin Sharqdagi eng yirik harbiy-havo bazasi Al-Udeydga raketa zarbasini berdi.
Keyinchalik Tramp Isroil va Eron oʻrtasida toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring