Neft bazalari 24 milliard soʻmlik zarar keltirgani aniqlandi
“Oʻzneftgazinspeksiya tomonidan oʻtkazilgan profilaktika tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar oyida neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda mintaqaviy neft bazalari tomonidan bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Keltirilgan zararning umumiy qiymati 24 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, “Taxiatosh neft bazasi” MCHJ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va mazkur korxona filiallarida neft mahsulotlarining yetishmovchiligi, sifati buzilganligi va talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Keltirilgan zararning umumiy miqdori 1264 tonna ( 9,7 mlrd. soʻm)ni tashkil etdi.
Bundan tashqari, “Oʻzneftgazinspeksiya” tomonidan “Qarshi neft bazasi” MCHJda ilgari oʻtkazilgan tekshiruvlarga koʻra, 11,5 mlrd. soʻmlik 4333 tonna hajmdagi neft mahsulotlari va yoqilgʻi moylash mahsulotlari sifatiga nomuvofiqligi, tanqisliklar hamda hisobdan chiqarilish holatlari aniqlandi.
Shuningdek, “Paxta neft bazasi” MCHJda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalariga koʻra, 2,7 mlrd. soʻmlik 143 tonna miqdorida neft mahsulotlarining tanqisligi, sifati buzilishi, savdo va kommunal xizmatlar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar aniqlandi.
Yuqorida keltirilgan holatlar boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring