Navoiyda sotuvchi 2 dona qalampir uchun 2 mlrd soʻmlik chek urib yubordi
Illyustrativ foto
Navoiy viloyatida joylashgan doʻkonlardan birida sotuvchi adashib, 20 ming soʻmlik mahsulot uchun 2 milliard soʻmlik chek urib yubordi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, “N*S*2020” MChJga qarashli doʻkonga kirgan xaridor 2 dona qalampir xarid qilgan, sotuvchi esa ushbu mahsulot uchun 20 000 soʻmlik chek urish oʻrniga anglashilmovchilik sababli 2 000 000 000 soʻmlik chek urib yuborgan.
Shundan soʻng tadbirkor katta miqdordagi ortiqcha soliq qarzdorligi yuzaga kelgani hamda 2 milliard soʻmlik chekni bekor qilib berishni soʻrab, soliq boshqarmasiga murojaat qilgan. Biroq boshqarma chek maʼlumotlarini tahrirlab boʻlmasligini maʼlum qilingan.
Xatirchi tuman adliya boʻlimi tomonidan javobgar Navoiy viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 17-aprel kunidagi 7**9-sonli chekni tahrirlamaslik holati qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudga shikoyat kiritilgan.
Natijada soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, sudning hal qiluv qarori toʻliq tadbirkor foydasiga qabul qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring