Navoiy FVBga ham yangi boshliq tayinlandi

15:29 25 Iyun 2025 Jamiyat
183 0

Foto: FVV

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan polkovnik Alibayev Xurshid Narkazakovich – Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Xurshid Alibayev 1982-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. U 2003-yili Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2015-yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Alibayev mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ham ishlagan. Mazkur tayinlovga qadar esa Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shukurov Sharof Tojiboyevich Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер