Navoiy davlat konchilik instituti xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda.
Foto: “Xalq so‘zi”
Navoiy davlat konchilik institutiga Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Kyusyu universiteti vakillari tashrif buyurdi.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) – mamlakatimizning bir qator oliy oʻquv yurtlari, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim muassasalari hamda bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida informatika, sport va boshqa yoʻnalishlarda maʼrifiy-madaniy loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashadi.
Agentlik koʻmagi bilan bu safar Kyusyu universiteti olimlari NavDKI talabalariga “Yaponiyada oltin qazib olish usullari” mavzusida maʼruzalar qildilar. Mehmonlar Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Muruntov” konida boʻlib, dunyodagi eng yirik oltin konining imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, Markaziy Osiyoda NavDKI konchilik, kimyo va energetika sanoati uchun muhandis va texnologlar tayyorlovchi eng yirik oliy oʻquv yurti hisoblanib, dunyoning bir qator nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan.
– Jumladan, joriy yilning sentyabr oyida Xalqaro taʼlim boʻyicha AQSH Kengashi (American Councils for International Education) dasturi boʻyicha moliyalashtirilgan NavDKI va Kolorado konchilik universiteti (MINES) hamkorligidagi “Capacity Building Initiative” xalqaro loyihasi doirasida Collaborative Online International Learning (COIL) – ikkala muassasa talabalariga moʻljallangan oʻquv kurslarini joriy etish boʻyicha loyihasi amalga oshirildi,– deydi NavDKI ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Toʻlqin Nurmurodov. – Ushbu loyiha MINES va NavDKIning minerallarni qazib olish, qayta ishlash muhandisligi va boshqa taʼlim sohalaridagi taʼlim va ilmiy ishlar imkoniyatlarini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik amalga oshiriladi. Hamkorlik strategik global bozorlarda transmilliy taʼlim imkoniyatlari, shu jumladan, samarador natijalarga erishish uchun salohiyatga ega talabalar va oʻqituvchilar almashuvini tashkil etish va zamonaviy tadqiqot qobiliyatlarini rivojlantirish kabi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻygan.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring