NATO aʼzolari ittifoqqa homiylik qila olmayapti

23:54 22 Mart 2023 Dunyo
945 0

Illyustrativ foto

NATOning 30 aʼzosidan atigi 7 tasi oʻz yalpi ichki mahsulotining 2 foizini mudofaaga sarflagan.

2022-yil uchun eʼlon qilingan hisobotga koʻra, NATOga aʼzo 30 davlatdan faqat 7 tasi mudofaaga yalpi ichki mahsulotning 2 foizini sarflashga muvaffaq boʻlgan, deya yozmoqda “Politico” nashri.

“NATOning 2022-yildagi tahlili shuni koʻrsatadiki, [ittifoq aʼzolarining koʻpchiligi] ittifoqning 2014-yilda oʻn yil ichida mudofaaga 2 foiz sarflash boʻyicha belgilangan xarajatlaridan ancha ortda qolmoqda… Haqiqatan ham, alyans ichida mudofaani kuchaytirish vaʼdasi borligini tushunish bor, ammo sarflash va uni amalda amalga oshirish bir xil narsa emas”, deyiladi manbada.

Qayd etilishicha, Yevropa siyosatchilari nafaqat qoʻshimcha pul etishmasligi, balki uni qanday qoʻllash bilan bogʻliq qiyinchiliklarga ham duch kelishmoqda. Buning sababi sifatida mudofaa rejasining samarasizligi, qurol va oʻq-dorilarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo tanqisligi, uzoq davom etadigan xarid jarayonlari va kengaytirilishi uchun yillar talab qiladigan cheklangan ishlab chiqarish quvvatlari koʻrsatilmoqda.

Shu bois, alyansda xarajatlar boʻyicha yetakchi hamon yalpi ichki mahsulotining 3,54 foizini mudofaaga sarflab kelayotgan AQSH boʻlib turibdi.

Avvalroq, NATO Ukrainadagi mojaroning natijasini kelasi olti oy ichida hal qilishini aytgan edi. Manbaga koʻra, hozirda Gʻarb tomonidan yetkazib berilayotgan qurol va jihozlar may oyidayoq Rossiya armiyasini Ukraina janubi va sharqidan siqib chiqarish uchun foydalaniladi.

Kiyev oʻz ittifoqchilari bilan birgalikda bahor yoki yozgi hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda, uning maqsadi Qrimga quruqlikdagi koʻprik orqali oʻtish hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?