“Nasaf” OChL chorak finaliga yoʻl oldi
Bugun, 23-noyabr kuni ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining 3-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Tur doirasidan oʻrin olgan bahsda Qarshi shaharining “Nasaf” ayollar jamoasi Hindistonning “Ist Bengal” klubi bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 3:0 hisobida “qarshiliklar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Diyora Habibullayeva (2 ta) va Zarina Norboyeva mualliflik qildi.
Ushbu gʻalaba orqali “Nasaf” jamoasi Osiyo chempionlar ligasining chorak finaliga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, ushbu musobaqaning hal qiluvchi — chorak final, yarim final va final bosqichi 2026-yilda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring