Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari ogohlantirildi

15:22 27 Yanvar 2026 Siyosat
121 0

Toshkent shahrida jinoyatchilardan olib qoʻyilgan sintetik moddalar soʻnggi besh yilda 11 karra oshgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida aytib oʻtildi.

Qayd etilishicha, sintetik narkotiklarning 95 foizi internet orqali tarqatilib, toʻlov kriptovalyutada boʻlayotgani, narkolaboratoriyalar mamlakat ichida ochilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, qonunchilikda davlat organlarining bu boradagi vazifalari ham aniq koʻrsatilmagan. Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.

Endilikda agentlikning masʼuliyati kuchaytirilib, unga mutasaddi idoralar ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baho berish vakolati beriladi. Agentlik barcha kuch va vositalarga ega boʻladi.

Agentlik rahbari Ravshan Mamatov faoliyatida oʻzgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

1999-yilda qabul qilingan narkotiklar haqidagi qonunni yangidan ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?