Narx urushi tugatiladi: Xitoy past narx orqali mijozlarni jalb qilish siyosatidan voz kechmoqchi

Illyustrativ foto
Xitoy past narxlar orqali raqobatchilardan mijozlarni tortib olish siyosatidan voz kechmoqchi. Shu toʻgʻrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasining moliya va iqtisod masalalari boʻyicha yigʻilishida topshiriq berdi. Bu haqda SCMP nashri xabar qildi.
Kompaniyalar tomonidan narx orqali olib borilayotgan qattiq raqobat dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotga salbiy taʼsir qilmoqda. Bu sifat, samaradorlik va innovatsiyalarni sustlashtiradi.
Maʼlumotlarga koʻra, ishlab chiqaruvchilar xaridorlarni jalb qilish uchun narxlarni pasaytirmoqdalar, negaki AQSH prezidenti Donald Trampning boj tariflaridan soʻng dunyodagi eng yuqori isteʼmol bozori boʻlgan Qoʻshma Shtatlarga doimiy mahsulotlar sotish qiyinlashgan. Bu esa Xitoy bozoriga talab va taklifni oshirgan.
Yangi buyurtmalar koʻpaygan boʻlsada, ishlab chiqaruvchilar xaridorni jalb qilish uchun past narxlardan foydalanmoqda. Bu esa iqtisodni tobora pasaytirib, qiymatning shu past darajasida qolib ketishiga olib kelishi mumkin.
Tahlilchilar va soha vakillari bunday raqobat yoʻlini tanlash mamlakatning ichki ishlab chiqarish ekotizimiga xavf tugʻdirishini hamda AQSH bilan savdo urushi sharoitida XXR kelajagini yanada qiyinlashtirishini taʼkidlagan.
“Kompaniyalarning past narxlar uchun tartibsiz raqobatini qonuniy tartibga solib, ularni mahsulot sifatini oshirishga yoʻnaltirish va eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich chiqarib tashlashga yordam berish zarur”, degan XXR raisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring