“Napoli” klubi “Inter”ni ishonchli hisobda magʻlub etdi
Kecha, 25-oktyabr kuni Italiya A seriyasida 8-turning markaziy oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda “Napoli” klubi oʻz maydonida Milanning “Inter” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 34-daqiqasida “Inter” darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik jarima toʻpidan Kevin De Bryuyne aniq foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 54-daqiqasida Skott MakTominay hisobni 2:0 koʻrinishiga olib keldi. 59-daqiqada endilikda “Napoli” darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik jarima toʻpidan Hakan Chalhanogʻlu aniq foydalanib, hisobni qisqartirdi. 66-daqiqada Frank Anguissa hisobni 3:1 koʻrinishiga olib keldi. Yakunda ham tabloda 3:1 hisobi porladi.
Shu tariqa turning markaziy oʻyinida asosiy raqibini magʻlub etgan “Napoli” 18 ochko bilan A seriya turnir jadvalida 1-oʻringa koʻtarilib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring