Namanganda o‘rik pishib, uni eksport qilish ham boshlab yuborildi
Foto: «Xalq so‘zi»
Namangan viloyatining Pop tumanila mevali bog‘lar, ayniqsa, o‘rikzorlarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilayoganligi ushbu tarmoqni agrosanoatning daromadli yo‘nalishiga aylantirmoqda. Bunda tuman hududidagi yillar mobaynida bo‘sh turgan adir yerlarda intensiv bog‘lar yaratish bo‘yicha “Nuran.Uz” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan boshlangan tashabbus alohida ahamiyatga ega.

Tadbirkorlik subyekti tomonidan barpo etilgan o‘rikzorlarda innovasion texnologiyani muvaffaqiyatli qo‘llanish hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirdi. O‘tgan qisqa vaqt ichida to‘rtta quduq qazilib, 102 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish orqali o‘rik, shaftoli va na’matak parvarishlash yo‘lga qo‘yildi. Ertapishar va hosildor bu mevalarning ko‘chati Ispaniya davlatidan keltirilgan bo‘lib, bizning yerimiz va iqlimimizga tezda moslashdi.
Bugun “Nuran.Uz" ning bog‘larida o‘rik g‘arq pishgan. Hosilni yig‘ib olishga jadal kirishgan poplik bog‘bonlar xalqaro standartlarga to‘la javob beradigan darmondoriga boy ne’matni Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, BAA, Koreya, davlatlariga eksport qilishga ham kirishdilar.

Pop tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda 500 nafar mavsumiy va 50 nafar doimiy ishchi o‘rni yaratilgan meva-sabzavotchilik klasterida hosilni yig‘ishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqa. Biznes rejaga muvofiq, joriy yilgi mavsum davomida o‘rikning o‘zidan 1000 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring