Namanganda inklyuziv taʼlim rivojlanmoqda

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Inklyuziv taʼlim nogironligi bor bolalarining sogʻlom tengdoshlaridan kam boʻlmagan darajada bilim olishlari yoʻlida yaratilgan imkoniyatdir. Joylarda ular uchun tashkil etilayotgan alohida sinflar ayni maqsad uchun xizmat qiladi.
Namangan shahridagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabida hozirgi paytda 7 ta inklyuziv sinf faoliyat yuritib, 11 nafar alohida taʼlimga ehtiyoji bor oʻquvchilar tahsil olmoqda. Ular bilan ikki nafar maxsus pedagog, shuningdek, defektolog, psixolog va hamshiralar alohida ishlab, bolalarni maktab muhitiga moslashtirish va sifatli taʼlim berishda fan oʻqituvchilariga amaliy yordam koʻrsatmoqda.
— Taʼlimning ushbu turi nafaqat bolalarga bilim berish, balki ularni jamiyatga integratsiya qilish, mustaqil hayotga tayyorlashda muhim oʻrin tutadi, — deydi maktab direktori Oʻktamxon Mirzayeva. — Muassasamizda mazkur yoʻnalishda anchagina tajriba toʻplangan. Yaqin oʻn yildan buyon Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida resurs markazi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqdamiz. Mutaxassislarimiz bir qator yondosh kasallikka chalingan, yaʼni, til va eshitishda nuqsoni bor, shuningdek, miya falajligi natijasida rivojlanishdan orqada oʻgʻil-qizlar bilan umumiy fanlarni oʻzlashtirish boʻyicha yengillashtirilgan qoʻshimcha mashgʻulotlar ham olib boradi. Bu nogironligi bor oʻquvchilarimiz olayotgan saboq natijasida oʻz samarasini koʻrsatmoqda.
Maʼlumot uchun: hozirda Namangan viloyatida 98 ta maktabda inklyuziv sinflar mavjud boʻlib, 174 nafar maxsus ehtiyojli bolalar oʻquvga jalb qilingan. Kelgusi yilda ushbu koʻrsatkich yanada oshirilib, 162 ta maktabda shunday sinflar ochish rejalashtirilgan. Bu bilan yana 377 nafar alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar taʼlimga qamrab olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring