Namangan viloyatida mahalla faollari va yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi
Oliy Majlis Senati aʼzosi Odiljon Mamatkarimov Namangan viloyatiga xizmat safari doirasida Uychi tumanida mahalla faollari va yoshlar vakillari bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Tadbir davomida Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida muhokama qilingan va maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi oʻrni hamda yoshlar manfaatlariga taalluqli jihatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Uchrashuv jarayoni erkin fikr almashuv shaklida tashkil etilib, unda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.
Uchrashuvdan soʻng senatorning sayyor qabuli oʻtkazildi. Qabul davomida “Ittifoq” mahallasida elektr taʼminotini yaxshilash, maktabgacha taʼlim muassasalaridagi sharoitlarni kengaytirish, sogʻliqni saqlash, infratuzilma va ijtimoiy soha obyektlaridagi dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari eshitildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring