Namangan shahriga yangi hokim tayinlandi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Ayubxon Kamalov Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 29-oktyabr kuni Namangan shahar hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda. Sessiyada shahar kengashi deputatlari, Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, faollar ishtirok etmoqda.
Unda tashkiliy masala koʻrib chiqilib, kun tartibidagi masala yuzasidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov maʼruza qilgan.
Yigʻilishda deputatlar Namangan viloyati hokimining Otaxodjayev Anvar Xojaxanovichni Namangan shahar hokimi lavozimidan ozod etish, hamda Kamalov Ayubxon Aribdjanovichni Namangan shahar hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqullagan.
Maʼlumot uchun, Ayubxon Kamalov 1971-yilda Namangan shahrida tugʻilgan. 1993-yili Leningrad qishloq xoʻjaligi institutini, 2001-yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
Moliya vazirligida sektor mudiri, boʻlim boshligʻi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, 2017-2019-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2019-2020-yillarda Namangan viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida mehnat qilgan.
Mazkur tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring