Muzeylar faoliyati zamon talablariga mosmi?
Arxiv foto
Dilshod KARIMOV, Xalq soʻzi online/Toshkent. Afsuski, bu savolga ijobiy javob berish qiyin. Yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan muzeylar zamonaviy axborot texnologiyalari, global tarmoq orqali virtual sayohat qilish imkonini beradigan moslamalar bilan toʻliq jihozlanmagan.
Aslida, muzeylar — Vatanimiz tarixi, xalqimizning azaliy qadriyatlari haqida soʻzlovchi ishonchli koʻzgudir. Ular yoshlarda milliy gʻururni boyitib qolmay, yurtimizga xorijliklarning qiziqishini oshirib, bu yerga sayohat qilishlari uchun “tashrif qogʻozi” hamdir.
Madaniyat vazirligi tomonidan 2018 yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019 yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan oʻtkazilgan anjumanda ushbu sohadagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Jumladan, 2019 yilda 30 ta muzeyning “Virtual muzey” bazasini shakllantirish, shuningdek, Oʻzbekiston muzeylari yagona portalini yaratish ishlari yakunlash rejalashtirilgan.
Muzeylar tomonidan bir yilda pullik xizmatlar qiymati 10 mlrd.ni tashkil etayotgan boʻlsa, buni kelgusi 2 yilda 1,5 marotabaga oshirib, 15 mlrd.ga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring