Muqaddasdir Vatan bayrogʻi

13:59 20 Noyabr 2023 Jamiyat
284 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Davlatimiz bayrogʻi qabul qilinganiga 32 yil toʻlishi munosabat bilan Qashqadaryo viloyatida “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” shiori ostida qator maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy tadbirlar tashkil qilindi.

Viloyatning asosiy bayram tadbiri 18-noyabr kuni erta tongdan harbiylar, sportchilar, faol yoshlar va boshqa koʻngillilardan iborat guruhning Qarshi shahri markaziy koʻchalari boʻylab bayramona saf tortib yurishi bilan boshlandi. Ayniqsa, bayram uchun maxsus tayyorlangan, 10 metrga 20 metr hajmdagi ulkan bayroqning saf oldida hilpirab borishi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shundan soʻng bayram tadbirlari viloyat musiqali-drama teatri hamda uning yonidagi xiyobonda davom etdi. Bu yerda viloyat hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi hamda boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi hamda uning hayotimizda tutgan oʻrnini aks ettiruvchi koʻplab koʻrgazmalar, koʻrik-tanlovlar, musobaqalar tashkil etildi. Ishtirokchilarga “Sharaf lentalari” taqildi, bayroqcha va maxsus bukletlar tarqatildi.

Sanʼatkorlar ishtirokidagi galakonsert barchaga xush kayfiyat va shodonlik ulashdi.

Xuddi shunday bayram tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida boʻlib oʻtdi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?