Muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Hukumat qarori bilan “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Ushbu nizom bilan chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari boʻyicha tayyorgarlikka jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tanlab olish tartibi belgilandi.
Qayd etilishicha, chaqiriluvchilar tanlovda 1-yilda faqat 1-marta ishtirok etishi mumkin. Tanlov chaqiruv yilidan avvalgi yilning 10-avgustidan chaqiruv yilining 10-fevraliga qadar oʻtkaziladi.
Chaqiriluvchi bilan suhbat oʻtkazish orqali uning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishi va ishtiyoqi, huquqbuzarliklar sodir etgani, javobgarlikka tortilgani va sudlangani bilan bogʻliq holatlar, sogʻligʻining holati, bilim darajasi, oilaviy sharoiti va boshqalarga aniqlik kiritiladi.
Chaqiriluvchilarning umum-jismoniy tayyorgarlik darajasi turnikda tortilish, 100 metrga yugurish, 3000 metrga yugurish kabi normativlar orqali baholanadi.
Tanlov yakunlari boʻyicha chaqiriluvchini tavsiya etish yoki tavsiya etmaslik boʻyicha tegishli xulosa qabul qilinadi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning “«Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring