Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Sud qarori bilan Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 8-oktyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida Alisher Tursunov (1974-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada koʻrib chiqish boʻyicha sud jarayoni yakunlangan.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, Alisher Tursunov (Mubashshir Ahmad) Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan aybdor deb topildi:
• 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish) 2-qismi;
• 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandi;
• 244-3-moddasi (diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish).
A. Tursunovga Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllagan holda 59 (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) va 61 (jazolarni qoʻshishning hisoblash qoidalari) moddalari tartibida 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.
Shu bilan birga uning internet tarmogʻidagi sahifalari, Telegram hamda YouTubeʼdagi “Mubaşşir Ahmad” va “Azon Global – Muqobil axborot-tahliliy kanali” nomli sahifalar (kanallar) faoliyati toʻxtatilib, bloklanishi belgilandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudining ushbu hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring