Moskvada “Oʻzbekiston kinosi kunlari” boʻlib oʻtadi
Foto: Халқ сўзи
Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi bir guruh oʻzbekistonlik kinoijodkorlar bugun Rossiyaning Moskva shahriga tashrif buyurishdi. Tarixiy «Mosfilm» kinostudiyasida oʻzbekistonlik kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv va jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi.
Ertaga «Illyuzion» kinoteatrida “Oʻzbekiston kinosi kunlari”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Marosimda “Ayol qismati” filmi namoyish etiladi.
Rossiyadagi milliy madaniy tadbir avvalidan Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining Kinematografiya va raqamli rivojlantirish departamenti direktori oʻrinbosari Svetlana Frinchinskaya, «Mosfilm» kinokonserni bosh direktori Karen Shaxnazarov, «Soyuzmultfilm» kinostudiyasining bosh prodyuseri Yuliya Osetinskaya, Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, «Oʻzbekfilm» kinokonserni direktori Bahodir Odilov, BDKI professori Odelsha Agishev, Agentlik xalqaro boʻlimi xodimi Sayyora Xudoyberdiyeva, rejissyorlar Rashid Malikov, Dilmurod Masaidovlar ishtirokida konferensiya boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda rus-oʻzbek hamkorlik loyihalari masalasi muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring