Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshiriladi
Moskvada 2026-yildan boshlab chet ellik mehnat migrantlari uchun patent qiymati oshiriladi. Bu haqda Mosgorduma tomonidan qabul qilingan qarorga tayanib, TASS xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, hozirda patent narxi oyiga 8,9 ming rublni tashkil etmoqda. Yangi tartibga muvofiq, 2026-yilda tarif 10 ming rublgacha koʻtariladi.
Qarorda qayd etilishicha, 2025-yilda Moskvadagi mehnat bozori sharoitini aks ettiruvchi koeffitsiyent 2,8592 etib belgilangan boʻlib, patent narxi 8,9 ming rubl sifatida qoʻyilgan edi. Mehnat migrantlari koʻp ishlaydigan sohalarda oʻrtacha ish haqi oshgani sababli, 2026-yilda koeffitsiyent 2,9323 etib belgilanmoqda. Natijada patent narxi oyiga 10 ming rublga yetadi.
Hujjat poytaxtning soliq qonunchiligini takomillashtirish va uni federal qonunchilikka moslashtirishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring