Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Oʻzbekistonga keldi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning taklifiga binoan Misr Arab Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif bilan keldi. Mehmonlarni Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev kutib oldi.
Misr delegatsiyasi aʼzolari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi.
Mehmonlarga ushbu meʼmoriy ansambl mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi.
Tashrif davomida Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyaning Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlari hamda koʻhna Samarqandning tarixiy va meʼmoriy obidalariga tashrifi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring