Mirtemir. Erkatoy
Buvim allasi
Erkatoyim qayda ekan?
Asqar-asqar togʻda ekan.
Asqar togʻda netar ekan?
Qoʻzi boqib ketar ekan.
Qoʻzilari qayda ekan?
Adirda, toʻqayda ekan.
Qoʻnar joyi -- koʻkbuloq,
Qashqir, boʻri koʻp yiroq.
Erkatoyim qayda ekan?
Yashil-yashil bogʻda ekan.
Yashil bogʻda netar ekan?
Olma koʻchat ekar ekan.
Olmalari qayda ekan?
Kelasi kuz oyda ekan.
Pishar ekan qirmizi...
Tushar ekan qirmizi...
Erkatoyim qayda ekan?
Ulkan shahar yoqda ekan.
Shaharda u netar ekan?
Har kun maktab ketar ekan.
Maktabida netar ekan?
Olimlikka oʻqir ekan.
Oʻrtoqlaridan oʻtik,
Hamma bilimda yetuk.
Erkatoyim qayda ekan?
U chegara yoqda ekan.
Chegarada netar ekan?
Oʻz burchini oʻtar ekan.
Yov qutursa, netar ekan?
Hech ayamay otar ekan.
Asl bahodir oʻzi,
Peshonada yulduzi...
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring