Mikroqarz berishning maksimal summasi 100 mln soʻmgacha oshirilmoqda
Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʻzi”
Senatning elliginchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.
Qonun bilan Fuqarolik kodeksiga va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Fuqarolik kodeksiga kiritilayotgan qoʻshimchalarga asosan aholi va tadbirkorlarga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha amalga oshirilgan toʻlov summasi, agar qarz oluvchining majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi belgilangan tartibda undiriladi.
Eng avvalo, asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda uziladi. Soʻngra joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik soʻndiriladi. Uchinchi navbatda neustoyka (jarima, penya)lar va keyingi navbatda kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari undiriladi.

Shu bilan birga, Fuqarolik kodeksiga kredit boʻyicha qarzdorlikni va hisoblangan foizlarni undirish haqida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda mazkur kredit boʻyicha foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatilishiga oid oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilmoqda.
Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga ham oʻzgartirish kiritilayotgan boʻlib, unga koʻra jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga ajratiladigan mikroqarz miqdori 50 million soʻmdan 100 million soʻmga oshirilmoqda.

Senatorlarning taʼkidlashicha, Qonun aholi va tadbirkorlarga mikroqarz yoki kredit olib foydalanish jarayonlarini kengaytirishga, ular tomonidan kreditlarni qaytarish qobiliyati yaxshilanishiga zamin yaratadi. Shuningdek, aholini va tadbirkorlarning moliyaviy mablagʻlar hamda xizmatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish bilan birga ularning ishchanlik faolligini oshirishga va ushbu yoʻnalishdagi mavjud muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Qizgʻin muhokamalardan soʻng senatorlar ushbu Qonunning dolzarbligi va zarurligini eʼtiborga olib, uni maʼqulladilar.

Foto: Abdumutalib Toyirov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring