Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumi: hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Bishkek shahrida Qirgʻiz Respublikasi Jogorku Keneshi mezbonligida oʻtkazilayotgan “Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari: mintaqani har tomonlama rivojlantirish boʻyicha samarali yechimlar” mavzusidagi Markaziy Osiyo davlatlarining III parlamentlararo forumida ishtirok etmoqda.
Forumda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari rahbarlari va delegatsiyalari ham qatnashmoqda.
Tadbirda T. Narbayeva nutq soʻzlab, mintaqada parlamentlararo hamkorlikning yangi istiqbollariga doir muhim takliflarni ilgari surdi.
Forumda davlatlarimiz oʻrtasida shakllanayotgan oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhiti nafaqat iqtisodiy hamkorlik, balki madaniy-gumanitar aloqalarga ham kuchli turtki berayotgani alohida taʼkidlandi.
Markaziy Osiyo davlatlari parlamentlari tomonidan Toshkent shahrida muvaffaqiyatli oʻtkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi va uning doirasida qabul qilingan muhim hujjatlar yuksak baholandi.
Kun tartibi doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yoshlar bandligi va migratsiya masalalari, shuningdek raqamli xavfsizlik va mintaqaviy standartlarni ishlab chiqish kabi muhim yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring