Markaziy Osiyo davlatlari havo ifloslanishiga qarshi “til biriktirish”di
19-iyun kuni “Markaziy Osiyoda toza havo bilan kelajak qurish” shiori ostida birinchi oliy darajadagi siyosiy mintaqaviy muloqot boʻlib oʻtdi.
“Tadbirdan koʻzlangan maqsad mintaqa davlatlari oʻrtasida muvofiqlashtirilgan harakatlarni ragʻbatlantirish va havo ifloslanishining oldini olish sohasida bilim almashishdan iborat”, deyiladi Oʻzbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabarida.
Biz esa bu kabi muloqotlar va uchrashuvlarni Markaziy Osiyo davlatlari havo ifloslanishiga qarshi “til biriktirishi” deb baholagan boʻlardik.
“Bu borada hamkorlik va tajriba almashish muhimligini tan olamiz, chunki ekologik muammolarning chegarasi yoʻq. Ushbu tadbir bilim almashish, istiqbolli yondashuvlarni muhokama qilish va mamlakatlarimizdagi havo sifatini yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun samarali maydonga aylanadi”, degan vazir oʻrinbosari Jusipbek Kazbekov.
Tadbir doirasida havo sifatini boshqarish boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni jadallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olingan. Muloqotda ishtirok etayotgan mamlakatlar vakillari oʻz hukumatlarining hamkorlikni chuqurlashtirish va havo sifatini yaxshilash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish boʻyicha qatʼiy pozitsiyada ekanligini tasdiqlaganlar.
Taʼkidlash joizki, mintaqaning yirik shaharlarida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan tavsiya etilgan havo sifatining ruxsat etilgan koʻrsatkichlaridan bir necha baravar yuqori. Bu, ayniqsa, qish mavsumida seziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring